Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Stol tennisi” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut Nukus filiali may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida kasbiy faoliyati natijalari bo’yicha 92 ball toʻplagan “Stol tennisi” sport turi bo‘yicha malakali trener Urazov Bayram Abdukarimovich 12-may kuni Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Stol tennisi” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsiga “Stol tennisi” sport turi bo‘yicha tinglovchilar va sportchilar ishtirok etdilar.