Nukus filiali va Rossiya federatsiyasi Sochi shahar «Janubiy federal sport mashg‘uloti markazi»o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 13-may kuni Rossiya federatsiyasi Sochi shahar «Janubiy federal sport mashg‘uloti markazi» direktori Dremov Mixail Vasilevich ishtirokida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Nukus filialida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri v.v.b. Allanazarov Adilbek Rustamovich ishtirok etdi.

✍️Uchrashuv davomida «Janubiy federal sport mashg‘uloti markazi» bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Nukus filiali o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik shartnomasini tuzishdan maqsad:

Fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovatsion korporativ (o‘zaro manfaatli) hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
professor-o‘qituvchilar va mutaxassis professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot  faoliyati natijasida yaratilayotgan ilmiy-texnologik ishlanmalarni tegishli sohalarga operativ tatbig‘ini taʼminlash va amaliy yordam ko‘rsatishdir. Uchrashuv so’ngida mehmonlariga institutning logotipi tushirilgan maxsus nishoni tantanali ravishda topshirildi.