O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut Nukus filiali may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 95 ball toʻplagan “Yunon-rum kurashi” sport turi bo‘yicha malakali trener O‘razboyev Daston Rustam o‘g‘li tomonidan 16-may kuni Nukus shahar 2-son sport maktabining “FOK” sport bazasida “Yunon-rum kurashi” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsiga “Yunon-rum kurashi” sport turi bo‘yicha tinglovchilar va sportchilar ishtirok etdilar.




