O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash va ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda barcha filial rahbarlari va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 19-may kuni filial sport targʻibotchisi A.Shilmanov tomonidan filial xodimlari va may oyida malaka oshirish kursiga kelgan tinglovchilar oʻrtasida “Basketbol” sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.




