O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut Nukus filiali may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga kasbiy faoliyati natijalarini baholash mezonlari boʻyicha 95 ball toʻplagan “Trampolin” sport turi bo‘yicha malakali trener Sagidullayeva Aynura Salamatovna tomonidan 23-may kuni Respublika gimnastika sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Trampolin” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.




