Joriy yilning 27-may kuni Nukus filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining U-39 sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda 2023-yil 23-24-iyun kunlari Samarqand filialida oʻtkazilishi belgilangan “Globallashuv jarayonida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot mavzulari doirasida tayyorlangan maqolalari muhokamasi o’tkazildi.




