“Gimnastika sport turiga sportchilarni seleksiya qilish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 29-may kuni Nukus filialida filial ish rejasiga asosan may oyi malaka oshirish kurslari “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo‘nalishi tinglovchilari uchun O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i, Nukus shahar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Ulug’bek Jumaniyazov tomonidan “Gimnastika sport turiga sportchilarni seleksiya qilish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda gimnastika sport turiga sportchilarni qabul qilishda, saralashda nimalarga e’tibor qaratish va sportchi yoshi boʼyicha nimalarni hisobga olish kerakligi bo‘yicha keng tushunchalar berildi.