Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi bo‘yicha onlayn seminar tashkil etildi

Joriy yilning 2-iyun kuni yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi bo‘yicha Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan onlayn seminar tashkil etildi. Seminarda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Nukus, Samarqand, Farg‘ona filiallaridan tegishli xodimlar ishtirok etishdi. Seminarni Yurist va kadr o‘quv markazi yurist Saydali Muxtoroliyev olib bordi va yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida tushunchalar berildi. Jumladan mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlarning mehnat taʼtili bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi.