Joriy yilning 10-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial xodimlari va iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun jinoyatning oldini olish va Odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi pod.polkovnik Djabbiyev Xaytboy Reymbergenovich va 1-son IIB profilaktika inspektori Ayapov salamatdin Sharapatdinovichlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida jinoyatlarning kelib chiqish sabablari,oldini olish shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish, qonunda belgilangan jinoiy jazolar haqida tushunchalar berildi. Kundalik hayotdan misollar keltirdi va yigʻilish ishtirokchilarning savollariga javob berildi.




