Nukus filialida filial xodimlari iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida seminar tashkil etildi.

2023-yil 13-iyun kuni Nukus filialida filial xodimlari iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Korrupsiya kelajakka tahdid” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarni filial direktori Q.Mamutov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i R.Sodiqov so‘zga chiqib korrupsiyaga oid jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, oldini olish, bu boʻyicha qonunda belgilangan jinoiy jazolar haqida aytib oʻtishdi. Voqea joyida tasvirga olingan jinoyatchilar haqidagi videoroliklar qoʻyib berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi va fikr-mulohazalari tinglandi.