Nukus filialida davra suhbati tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Paxomov Vladimir Yurevich va xalqaro darajadagi murabbiy va Qoraqalpog‘istonga xizmat ko‘rsatgan murabbiy Davletyarov Bahodir Tolebayevichlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida iyun oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari bo‘yicha trener o‘qituvchilar” yo‘nalishi Akademik eshkak eshish va suzish guruhi tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida V.Paxomov akademik eshkak eshish sporti tarixi, ushbu sportning Qoraqalpog‘istonda rivojlanishi, shogirdlarining muvaffaqiyatlari toʻgʻrisida tinglovchilarga keng ma’lumotlar berdi. O‘z navbatida xalqaro darajadagi murabbiy B.Davletyarov akademik eshkak eshish sport turida foydalaniladigan zamonaviy uslublar, zamonaviy sport anjomlari haqida ma’lumot berdi. Mazkur davra suhbatida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga toʻliq javoblar oldilar.