Nukus filialida tinglovchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-iyun kuni filial sport targʻibotchisi A.Shilmanov tomonidan iyun oyida malaka oshirish kursiga kelgan xotin-qiz tinglovchilari oʻrtasida “Stritbol” sport turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.




