“OITS xavfi haqida oshkora gapirish kerak!” mavzusida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 16-iyun kuni Nukus filialida “OITS xavfi haqida oshkora gapirish kerak!” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarga “Respublika OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) ga qarshi kurash markazi” shifokorlari G. Habipova, I.Baynazarovlar va filial xodimlari, iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari, onlayn tarzda “Jismoniy tarbiya instruktorlari” yo‘nalishi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Seminarda kasallikning rivojlanishi sabablari, OIV(odamda immun tanqisligi virusi) ning qanday yuqishi, dastlabki alomatlari, kasallik haqida ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar mavjudligi, qanday hollarda yuqmasligi haqida ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.