Nukus filialida 2021 yil 19 -may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr sanasidagi PF 6099 sonli Farmoni asosida Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Nukus filiali xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sog‘ligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan filial xodimlari “Yigitlar” va “Qizlar” o‘rtasida filial Sport targ‘ibotchisi M.Atashov tomonidan “BADMINTON” bo‘yicha filial birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqa yakunida sovrindorlarga kasaba uyushma tarafidan sovg‘alar berildi.




