Nukus filialida ochiq dars oʻtkazildi

2023-yil 20-iyun kuni Nukus filialida iyun oyi malaka oshirish kursi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi” yoʻnalishi II guruh tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi katta oʻqituvchisi Xojametov Ajiniyaz Andriyanovich tomonidan “Olimpiya bilim asoslari” moduli bo‘yicha “Zamonaviy Olimpiya harakatining qayta tiklanishi” mavzusida ochiq dars oʻtildi.

Ochiq darsda tinglovchilarga zamonaviy Olimpiya oʻyinlari boʻyicha keng tushunchalar berildi. Ochiq dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Jumladan, “Blits” test savollari, “Assesment” metodlari va videoroliklar yordamida amalga oshirildi.