Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2023-yil 16-maydagi U-39-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand filialida 2023-yilning 23-24-iyun kunlari “Globallashuv jarayonida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammo va yechimlar” mavzusida o‘tkaziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari yetib borishdi. Samarqand filiali xodimlari tomonidan anjuman mehmonlari munosib kutib olinmoqda.




