Nukus filiali xodimi imtihonlarda komissiya a’zosi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2023/2024-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish uchun joriy yilning 24 iyuldan – 2 avgust kuniga qadar oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini nazorat qilish boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan bir qator mutaxassislar jalb qilingan.

Jalb qilingan nazoratchilar qatorida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali boʻlim boshlig‘i J.Kaypov ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Allanazarov, qabul komissiyasi a’zolari va kotiblari ishtirokida imtihon jarayonlari shaffofligini ta’minlagan holda yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha seminar tashkil etildi.