O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabridagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni, Jismoniy tarbiya va sport Vazirining 2020 yil 7 noyabrdagi 1315-sonli buyrug‘i, Markaz direktorining 2020 yil 23 noyabrdagi U-139-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash, Filial xodimlarini ommaviy sportga yana-da jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish maqsadida, joriy yilning 21 may kuni Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va ishchi-xizmatchilari o‘rtasida “Futbol” sporti bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.




