2021- yil 21 may kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n A.N. Tlewbergenova, may oyi tinglovchilari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Savickiy nomidagi sanʼat muzeyida “Xalqaro muzeylar kuni” va muzeyning tashkil etilishining 55 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan “Muzeylar haqida maqolalar” mavzusidagi seminarga o‘z bayonoti bilan qatnashdi. Seminar yakunida tinglovchilarga muzeyga sayohat uyushtirildi.




