Joriy yilning 11-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Abatov rahbarligida filial professor o‘qituvchilariga yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri 2024-yil uchun tasdiqlangan o‘quv normativ hujjatlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Bundan tashqari professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar, yangi o‘quv yiliga rejalashtirilgan o‘quv-qo‘llanma va darsliklar shuningdek darslarning yuqori saviyada o‘tkazilishi yuzasidan fikr mulohazalar olib borildi.




