Nukus filialida Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Dzyudo bazasida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari boʻyicha 86 ball toʻplagan “Dzyudo” sport turi bo‘yicha malakali trener Qurbonova Roviyajon Murodxon qizi tomonidan 23-fevral kuni Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bazasida “Dzyudo” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchilari A.Shilmanov, va sportchilar ishtirok etdilar.