Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 8-aprel kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi tibbiyot fanlari doktori G‘.A.Mambetkarimov tomonidan “Sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchi” yo‘nalishi tinglovchilari uchun “Sport tibbiyotining maqsadi, vazifalari” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Sport tibbiyotining maqsadi, vazifalari va dolzarb muammolari haqida ma’lumotlar berildi.




