Korrupsiya orqali jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 17-aprel kuni “Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining kushandasi ” mavzusida filial xodimlari va aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyatimiz oldida turgan asosiy va eng muhim vazifalardan biri ekanligi aytilib , mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar yuritildi.



