O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 98 ball to‘plagan “Velosport” sport turi bo‘yicha malakali trener Djumanov Amanbay Yuldashevich tomonidan 24-aprel kuni Nukus shahar 1-son sport maktabi Velosport bazasida “Velosport” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi bosh mutaxassisi R.Qazaqbayev, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshligʻi A.Djalimov, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Shilmanov va sportchilar ishtirok etdilar.





