Joriy yilning 28-aprel kuni Buxoro shahrida “Bir vatanda bir vaqtda bir masofaga bir maqsadda birga yuguramiz ”shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali xodimlari va aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ham faol ishtirok etishdi.





