Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida 2024- yil 10-11 may kunlari “JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA UZLUKSIZ KASBIY TAʼLIM TIZIMINING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani ochiq deb eʼlon qilindi.
Anjumanni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati, turizm va jamoa birlashmalari masalalari qo‘mitasi raisi Romanov Tajibay Nietullayevich ochib bedi va bugungi o‘tkazilayotgan anjumanning sohadagi ahamiyati va dolzarbligi haqida aytib o‘tdilar.
Bundan keyin anjumanga tashrif buyurgan mehmonlarga so‘z berildi.
Bugungi anjumanda Rossiya Belorussiya, Turkiya,Yaponiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari Oliy taʼlim muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari vakillari va Sport vazirligi tizimidagi barcha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etmoqda.




