Nukus filialida “Erkin kurash” guruhi tinglovchilariga “Sport pedagogik mahoratini oshirish” modulidan amaliy dars tashkil qilindi.

Joriy yilning 27-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali may oyi “Erkin kurash” guruhi tinglovchilariga “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Primbetov tomonidan Nukus shahar Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Sport pedagogik mahoratini oshirish» modulidan amaliy darsi tashkil qilindi.