10 yillikning uchrashuvlari

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan Nukus filiali xodimlari tomonidan  Xorazm viloyati  Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari yo‘nalishlari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida institutning tashkil etilish jarayonlari va o‘tgan 10 ichida institut va filialda kuzatilgan yangiliklar, kecha va bugun misolida yoritib berildi.