Joriy yilning 3-5 iyun kunlari Toshkent shahridagi “SROVNE PLAZA” mehmonxonasining anjumanlar zalida YUNESKOning 2003-yildagi Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasiga muvofiq davriy hisobot tayyorlash bo‘yicha milliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda nomoddiy madaniy meros bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ekspertlar, olimlar, sohaga taalluqli davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Ular qatorida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialidan “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi t.f.n. dotsent N.Tleubergenova ishtirok etishdi.
Seminarga jalb etilgan xalqaro fasilitatorlar mazkur Konferensiyaga muvofiq davriy hisobot tayyorlash bo‘yicha darslar o‘tib, mavzu bo‘yicha ishtirokchilar bilimlarini mustahkamlashga erishdilar.




