O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha 95 ball to‘plagan “Og‘ir atletika ” sport turi bo‘yicha malakali trener Salayev Bekzod Xushnudbekovich tomonidan Nukus oliy sport maxorati maktabi Og‘ir atletika bazasida “Dast va Siltab kotarish mashqlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshlig‘I J.Kaypov “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Shilmanov va sportchilar ishtirok etdilar.




