Nukus filialida mahorat darsi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qaroriga muvofiq kasbiy faoliyati natijalari bo‘yicha “ O‘zbek jang san’ati” sport turidan malakali trenerlar 95 ball to‘plagan Dauletiyarov Amanlıq Medetbay ulı, 90 ball to‘plagan Temirxanov Bekpulat Kalbaevich va 97 ball to‘plagan Jiemuratov Salamat Xoshmagambetovichalar tomonidan Nukus shahri 1-sport maktabida “O‘zbek jang san’ati” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida malakali trenerlar tomonidan “O‘zbek jang san’ati” mashqlari, texnikalari amalda bajarildi va tinglovchilar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.