✅ Hamkorlik ishlari

Joriy yilning 27-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali va Qozog‘iston Respublikasi L.B. Goncharov nomidagi Avtomobil yo‘llari instituti o‘rtasida tuzilgan shartnoma bandlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ushbu institutning Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Bekmukhanmbetova Sholpan Axmetbaevna va Rossiya va Qozog‘iston Respublikasi transport akademigi, professor Rabat Ondabek Janaxmet ulı Nukus filialiga tashrif buyurishdi. Tashrifi davomida mehmonlar Nukus filialida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari turlari va yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari filialda o‘quv, xalqaro ishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, sport sohasidagi va ilm-fandagi yangiliklar, kelajak rejalari haqida suhbatlashdi.