O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyul kungi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchisi kasbiy faoliyati natijalariga ko’ra 88 ball toʻplagan “Akademik eshkak eshish” sport turi bo‘yicha malakali trener Uzaqbaev Abubakir Nietbayevich tomonidan 28-iyun kuni Respublika suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi bazasida “Akademik eshkak eshish” sport turidan mahorat darsi tashkil etildi.





