Nukus filialida 3+1 tizimi asosida amaliy mashgʻulot tashkil etildi

Joriy yilning 28-iyun kuni Nukus filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.Saburov tomonidan Nukus davlat pedagogika instituti sport zalida Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yo‘nalishi 4-guruh tinglovchilari uchun “Pedagogik amaliyot” modulidan 3+1 tizimi asosida amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.