Nukus filialida yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasidavazirliklar davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z sohasi faoliyatiga doir normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha Nukus filialida filial yuriskonsulti A.Allabergenov tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi sektor rahbari N.Berdiniyazova taklif etildi. Yig‘ilishda N.Berdiniyazova so‘zga chiqib yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida tushunchalar berdi. Shu bilan birga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtab o‘tib, uni oldini olish har bir insonni vazifasi ekanligini va jamiyatda qancha korrupsiya illatlari kam bo‘lsa jamiyat taraqqiyoti shuncha rivojlanishini aytib o‘tdi. Yig‘ilish ishtirokchilari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.