O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri tomonidan 2025-yil 10-fevralda tasdiqlangan “2025-yil uchun aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlar rejasi” ni ijrosini ta’minlash maqsadida institutning Nukus filialida filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari va malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Korrupsiya millat zavoli” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga Nukus davlat pedagogika instituti “Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent E.Tileuov taklif qilindi. Uchrashuvda E.Tileuov davlatimizda korrupsiya holatlari va uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.




