O’zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali direktori Q.Mamutov hamda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i U.Nadjimidinov o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur shartnomada ko‘zlangan asosiy maqsad — jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tizimli va samarali tashkil etishdan iborat.
Shuningdek, amaliy (ko‘chma) mashg‘ulotlarni zamonaviy jihozlangan sport inshootlarida o‘tkazish, hamkorlikda mavjud moddiy-texnik va intellektual resurslardan oqilona foydalanish orqali mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan.




