2025-yil 13-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali may oyi malaka oshirish kursi “Sport turlari bo‘yicha trener” yo‘nalishi Qilichbozlik guruhi tinglovchilariga Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus Oliy sport mahorat maktabi oliy toifali murabbiyi Jiemuratov Dauirbek Keulimjaevich ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Seminarda Qilichbozlik sportining Sabliya, Shpaga, Rapira turlari va ushbu sportga tegishli texnik-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazish usullari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasida Qilichbozlik sportining bugungi kundagi o‘rni rivojlanishi bo‘yicha fikr mulohazalar yuritildi.




