Sogʻlom hayot uchun birlashaylik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yil 15-may kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial xodimlari, may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari va “Jana bazar” mahalla fuqarolar yig‘ini nuroniylari va yoshlari ishtirokida “Sogʻlom hayot uchun birlashaylik” shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi.