O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filiali kutubxonachisi tomonidan filialda iyun oyi tinglovchilari ishtirokida 2025-yilning 16- iyun kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida to‘rt nafardan uch ta jamoa ishtirok etdi. Barcha ishtirokchilar faol qatnashganligi natijasida o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek birinchi o‘rinni “Aralash”, ikkinchi o‘rinni “Engil atletika” va uchinchi o‘rinni “Xorazm” jamoalari qo‘lga kiritishdi.




