Nukus filialida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 19-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filialning assistent o‘qituvchisi D.Bekmuratov tomonidan Sport turlari bo‘yicha trenerlar yo‘nalishi tinglovchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 20-iyundagi «Qo‘l jangi sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-287-son qarori mazmun-mohiyatini tinglovchilarga tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi ijrochi direktori Saburov Quvanishbay Duzelbayevich taklif etilib Q.Saburov tomonidan mavzuga oid maʼlumotlar berildi. Shuningdek qo‘shimcha tinglovchilarning istak va savollaridan kelib chiqib federatsiya tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarini oldilar.