O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport Vazirligi vakillari rahbarligida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyatini tushuntirilib, sport maktablarining ish faolligini oshirish, 2028-yilda Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etish va sportchilarni tayyorlash, shahar va tumanlardagi sport maktablarida olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi va fikr mulohazalar yuritildi.




