#mahorat_darsi #Nukus_filiali

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida malaka oshirish kursining oktabr oyi tinglovchisi.
Shrazatdinova Ayman Duysenbayevna – Nukus shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida erkin kurash sport turidan birinchi toifali trener, sport ustasi. 3 nafar Oʻzbekiston chempionini tayyorlagan. Oʻzbekiston milliy terma jamoa asosiy tarkibida 3 nafar, zaxira tarkibida 6 nafar shogirdlari bor.
Erkin kurash sport turidan “Ikki oyoqqa kirib uloqtirish amalini o‘rgatish” mavzusida mahorat darsi o‘tildi.
Mazkur mahorat darsida erkin kurash sportida qo‘llaydigan amallar bo‘yicha tajribalar tinglovchilarga yetkazildi.