#Nukus_filiali “KITOB TAQDIMOTI”

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial kutubxonachisi N.Dauenova tomonidan 2025-yilning 17-oktabr kuni oktabr oyi tinglovchilari uchun “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi ishtirokida dotsent A.Shilmanovning muallifligidagi “Mektep janindaǵi balalarǵa milliy hám háreketli oyinlardi úyreniw» nomli qoraqalpoq tilidagi uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida muallif tomonidan yaratilgan adabiyotlarning qisqacha mazmun-mohiyati haqida aytib o‘tildi va tinglovchilarning qiziqqan savollariga javob berdilar. Yangi qo‘llanma kutubxona fondidan joy oldi.