Institutning Nukus filiali O‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abatov Jumabay Baxtibayevich «1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak mukofotni Nukus filiali diretori dots Q.Mamutov tantanali ravishda o‘z egasiga topshirdi va ta’lim va sport sohasidagi samarali va fidokorona mehnatlari uchun munosib e’tirof ekanligini takidlab o‘tdi .
Hurmatli Abatov Jumabay Baxtibayevichni ushbu nufuzli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi yutuqlar tilaymiz!
🌟 Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!




