Sport sohasi xodimlari taqdirlandi

1 oktyabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibaev sport sohasi xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

Shular orasida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida fidokorana mehnat qilib kelayotgan xodimlar ham chetda qolmadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri tomonidan «Tashakkurnoma» bilan taqdirlandi.