📍Xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darsi

✅O‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida joriy yilning 22-sentabr kuni sentabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 🇷🇺 Rossiya federatsiyasi Osetya Respublikasi oliy toifali treneri Kosave Stanislav tomonidan “Dzyudo sport turida texnik harakatlarni takomillashtirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars jarayonida mashg‘ulotlar jarayonida qollaniladigan texnik-taktik harakatlar amaliy ko‘rsatilib, trenerlik vazifalar va qanday o‘zini tutish kerakligi haqidagi ma’lumotlar aytib o‘tildi.