#seminar

☘️ Joriy yilning 14-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida sentabr oyidagi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Yashil iqtisodiyot sharoitida ekologik mas’uliyat va resurslarni tejash” mavzusida qisqa o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda kafedra dotsenti B. Bekniyazov “Yashil iqtisodiyot: kelajak taraqqiyotining yangi modeli” mavzusida ma’ruza qildi.

Seminarning asosiy maqsadi tinglovchilarda ekologik tafakkurni shakllantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llash hamda yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Yashil iqtisodiyot bo‘yicha seminar — 1

Yashil iqtisodiyot bo‘yicha seminar — 2

Yashil iqtisodiyot bo‘yicha seminar — 3