Joriy yilning 14-sentabr kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial yuriskonsulti A. Jamalov tomonidan sentabr oyidagi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi islohotlarning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishi hamda jamiyat rivojiga jiddiy xavf tug‘dirishi ta’kidlandi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish har bir fuqaroning burchi ekanligi tushuntirildi. Jamiyatda korrupsiya holatlari qanchalik kamaysa, jamiyat taraqqiyoti shunchalik jadallashishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
