Nukus filialida “Korrupsiyasiz jamiyatni quramiz” mavzusida davra suhbati tashkillandi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Nukus filialida filial yuriskonsulti A. Jamalov tomonidan “Korrupsiyasiz jamiyat quramiz” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

Suhbatda o‘quv, ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J. Abatov, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Suhbat davomida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi islohotlarning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishi hamda jamiyat rivojiga jiddiy xavf tug‘dirishi ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish har bir insonning burchi ekanligi tushuntirildi. Jamiyatda korrupsiya holatlari qanchalik kamaysa, jamiyat taraqqiyoti shunchalik jadallashishi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Korrupsiyasiz jamiyat quramiz — 1
Korrupsiyasiz jamiyat quramiz — 2
Korrupsiyasiz jamiyat quramiz — 3
Korrupsiyasiz jamiyat quramiz — 4
Korrupsiyasiz jamiyat quramiz — 5